» » Tayanch maktablar ta’lim tizimi istiqboliga xizmat qiladi
28-01-2018, 20:36   Bo'lim: Yangiliklar   Sharhlar: 0  

Tayanch maktablar ta’lim tizimi istiqboliga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018 yil 3 yanvardagi o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligida aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vazirlik rahbariyati, tegishli boshqarma boshliqlari Respublika ta’lim markazi, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutasaddilari ishtirok etgan tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, 200 ta tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, 3000 nafar metodist, mazkur fanlar bo‘yicha belgilangan 802 ta tayanch maktablari direktorlari joylardan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘riishtirok etdilar.

Majlisni Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov olib borib, aniq, tabiiy, gumanitar, filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini tashkil etish borasida tizimda olib borilayotgan ishlar, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan galdagi muhim vazifalar haqida gapirdi. Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning hududlarga tashrifi davomida ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining metod kunlari doirasida muntazam amaliy-metodik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning ilg‘or uslublarini dars jarayonlariga tatbiq etish, aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari o‘qituvchilari uchun doimiy harakatdagi o‘quv-seminarlar o‘tkazib borishni tashkil etish bugunning dolzarb masalalaridan biri ekani ta’kidlanmoqda.

Ta’lim tizimi boshqaruv idoralari mutasaddilari bilan kelishilgan holda shijoatli, tashabbuskor rahbar boshqarayotgan, ijodiy, izlanuvchan, zamonaviy metodlardan foydalanayotgan pedagogik jamoasi mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalari orasidan aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha har bir tuman va shaharda bittadan, jami 802 ta ta’lim muassasasi tayanch maktabi sifatida belgilandi.

— Tayanch maktab — tumanda o‘zining pedagogik salohiyati, moddiy-texnika negizi mustahkamligi, obodligi, ozodaligi va eng asosiysi, rahbarining izlanuvchanligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan ta’lim muassasidir. Tayanch maktabining asosiy vazifasi unda faoliyat yuritayotgan ilg‘or, tajribali fan o‘qituvchisining ta’lim yangiliklarini mashg‘ulotga samarali tatbiq etishi, bilim, malaka va kasbiy mahorat yuzasidan tumandagi boshqa o‘qituvchilarga ibrat bo‘lishidir. Mazkur muassasalarda fan yo‘nalishlari bo‘yicha bir oyda ikki marotaba o‘quv-seminar va trening mashg‘ulotlari tashkil etish orqali o‘qituvchilarning uzluksiz malakasi oshirib boriladi, — dedi U.Inoyatov.

Yig‘ilishda joylarda tayanch maktablarini tashkil etish, ularning maqsad va vazifasi, faoliyatida samaradorlikka erishish omillari, tayanch muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Tayanch maktablariga metodik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan respublikaning barcha hududlarida tayanch maktablari o‘qituvchilari uchun maqsadli sayyor o‘quv kurslari tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda institutning masofadan o‘qitish portalida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus mustaqil o‘quv muhiti tashkil etildi. Endilikda tayanch maktab o‘qituvchilari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayanch maktablar uchun ishlab chiqilgan o‘quv materiallari asosida kurs materiallari, o‘z-o‘zini sinovdan o‘tkazish nazorat ishlari va boshqa zaruriy ma’lumotlarni innovasiya.masofa.uz portalidan olishi mumkin. Shuningdek, telegram tarmog‘ida ochilgan qator guruhlar orqali o‘qituvchilarning ta’limiy yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Yig‘ilish yakunida tayanch maktablar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Saytda imlo yoki texnik xato topdingizmi?
Adminstratsiyaga xabar bering.
Telefon: Bekzod +99894 578 1996 | Telegram: @uznews01
Bu sizga yoqdimi!
Ijtimoiy tarmoqlardagi do'stlaringizga ulashing:

Bekzod joyladi   Ko'rishlar : 652   |   Fikrlar: 0
Chop etish
O'xshash ma'lumotlar:
Fikr bildirish
Xurmatli foydalanuvchi!
Boshqa foydalanuvchilar va sayt ma'muriyatiga xurmat bilan yozing. Sayt qoidalariga zid bo'lgan fikrlar darhol o'chiriladi va ro'yhatdan o'tishingizda tuzilgan shartnoma bekor qilinib profil ma'lumotlaringiz o'chirib yuboriladi.

Xurmat bilan sayt ma'muriyati.
* - belgi qo'yilgan joylar to'ldirilishi shart
  • bowtiesmilelaughingblushsmileyrelaxedsmirk
    heart_eyeskissing_heartkissing_closed_eyesflushedrelievedsatisfiedgrin
    winkstuck_out_tongue_winking_eyestuck_out_tongue_closed_eyesgrinningkissingstuck_out_tonguesleeping
    worriedfrowninganguishedopen_mouthgrimacingconfusedhushed
    expressionlessunamusedsweat_smilesweatdisappointed_relievedwearypensive
    disappointedconfoundedfearfulcold_sweatperseverecrysob
    joyastonishedscreamtired_faceangryragetriumph
    sleepyyummasksunglassesdizzy_faceimpsmiling_imp
    neutral_faceno_mouthinnocent
Spamga qarshi xavfsizlik :

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

«    Ноябрь 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930